Poraxoʻrlik— pora olish, pora berish, bu ishda vositachilik qilish kabi mansabdorlik jinoyatlari. Poraxoʻrlik moddiy boylik yoki mulkiy manfaat evaziga muayyan harakatlarni bajarish yoki bajarmaslik bilan tavsiflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga koʻra, u boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar sirasiga kiradi. Jinoyat kodeksi boʻyicha, pora olish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan oʻzi, yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy naf koʻrishi tushuniladi. Bunday jinoyat uchun — eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan maxrum etilgan holda 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan. Ushbu jinoyat ogʻirlashtiruvchi holatlarda sodir etilganda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum qilish jazosi ta-yinlanadi. (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 210modda). Pora berish deganda mansabdor shaxsning oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin boʻlgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini koʻzlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga unga bevosita yoki vositachi orkali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish tushuniladi. Pora berish jinoyati uchun eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarimadan 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishtacha jazo tayinlanadi (Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, 211-modda). Basharti, shaxsga nisbatan pora soʻrab tovlamachilik qilingan boʻlsa yoki bu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilgandan keyin bu haqda oʻz ixtiyori bilan arz kilsa, chin

Manbalar

tahrir