Kontent qismiga oʻtish

GNU/Linux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Linux
(Linux-kabi oilasiga kiradi)
Reliz ma’lumoti
Manba turi: Ochiq manba,
Free Software
Litsenziyasi: Kernel: GNU General Public License/various
Yadro tipi: Yaxlit kernel
Bu maqola operatsion sistema haqidadir, odatda uni „Linux“ deb atashadi.

GNU/Linux ("gnu lí nuks" deb oʻqiladi) — erkin UNIX — simon operatsion tizimdir. Bu GNU loyihasi doirasida tuzilgan tizim dasturlariga asoslangan.

GNU/Linux Distributivlari

ubuntu

Foydalanuvchilarning koʻp qismi GNU/Linuxni oʻrnatish uchun distributivlardan foydalanishadi. Distributiv — bu nafaqat dasturlar toʻplamidir, balki foydalanuvchilarning bir qator masalalarining yechimi, birlashtirilgan yakka tizimlar markaziy oʻrnatgichi, boshqarish va yangilash paketlari, moslashtirishlar va texnik yordamlar majmuasidir. Dunyoda eng koʻp tarqalgan distributivlar:

Linux operatsyon tizimining qisqacha tarixi

Rivojlanish tarixi
Linux distributivlarining rivojlanish tarixi (2020 yilgacha)

Bu operatsion tizim 1991 yil Xelsinkidagi universitetlardan birida tahsil oluvchi talaba Linus Torvaldsning dissertatsiya ishi natijasida, UNIX operatsion tizimi asosida yangi operatsion tizimi sifatida yuzaga keldi. Avvaliga Torvalds yangi operatsion tizimni Freax (inglizcha „free“, „freak“ soʻzlari hamda UNIX oilasiga mansubligini bildiruvchi „X“ harflari birlashmasi) deb atamoqchi edi. Biroq kernel birinchi bor joylashtirilgan FTP serverning administratori hamda Torvaldsning doʻsti Ari Lemka yadroga tegishli jildni linux deb nomladi. Shu-shu bu operatsion tizim ushbu nom bilan atala boshlandi.

Operatsion tizim Internet tarmogʻiga joylashtirishi natijasida tez orada oʻz foydalanuvchilari va muxlislariga ega boʻldi va koʻpgina dasturchi(programmist)larni oʻziga jalb qilishi Linux operatsion tizimining keskin rivojlanishi uchun katta omil sifatida xizmat qildi.

Bugungi kunda dunyo miqyosidagi operatsion tizimlar ichida oʻziga xos oʻrniga egadir. Buning asosiy sabablaridan biri shuki, Linux erkin tarqatiladigan dasturiy taʼminotlardan biridir, yaʼni har bir foydalanuvchi dastlabki tizim kodlarini Internet tarmogʻi orqali yoki kompakt-diskdagi nusxasini sotib olish imkoniyatiga ega. Bu operatsion tizimning 2 ta ishlash uchun moʻljallangan interfeyslari boʻlib, ular GUI (Graphic User Interface) — grafikali interfays hamda CLI(Command Line Interface) — konsol, yaʼni buyruqlar qatoridan iboratdir.

Linuxning asosiy uy saytining (homepage) bogʻi: http://www.linux.org. Ushbu saytda operatsion tizim haqida asosiy maʼlumotlar hamda yangiliklar bilan tanishish mumkin.

Linux operatsiyon tizimi asta-sekinlik bilan Oʻzbek foydalanuvchilarini ham topmoqda. Linux operatsion tizimini birinchi boʻlib oʻzbek tiliga tarjima qilishda Samarqand Davlat Universiteti sobiq talabasi Mashrab Quvvatovning hissasi katta. Uning internedagi sayti: http://www-user.uni-bremen.de/~kmashrab/freax.homelinux.net (Wayback Machine saytida 2011-11-17 sanasida arxivlangan). Hozirgi paytda Mandriva, Ubuntu hamda Booyo distributivlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Linux Oʻzbekistonda

Oʻzbekistonda Linux foydalanuvchilari tobora oshib bormoqda. Bunga asosiy sabablardan biri shunda-ki, Oʻzbekiston hududida Linux boʻyicha turli xil telegram guruhlar ochilayotganidandir.

Asosiy Linuxga doir oʻzbekcha maʼlumotlar qoʻshib kelayotgan guruhlardan: Linux Uzbek Community va Linuxiston. Ikkinchi guruh boʻyicha hamjamiyat tomonidan ochiq va bepul Linuxda oʻzbekcha platforma yaratilyapti.[2]


Manbalar

  1. „Nima u Linux“ (ru). Zhelezo.uz. — Linux haqida umumiy ma'lumot. 2014-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust. (Wayback Machine saytida 2014-08-09 sanasida arxivlangan)
  2. https://linuxiston.uz Oʻzbekzabon linux boʻyicha platforma

Shuningdek qarang