Kontent qismiga oʻtish

Farrux Soipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Farrux Soipov
Tavalludi 25-sentyabr 1984-yil (1984-09-25) (40 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi OʻzSSROʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor, rejissyor
Janr Komediya, melodrama, drama
Boʻyi 1,93 m
VikiIqtibos
VikiIqtibos
Vikiiqtibosda Farrux Soipov haqida sahifa mavjud.

Farrux Soipov (1984-yil 25-sentyabr, Toshkent, OʻzSSR) — oʻzbek aktyori va rejissyori.

Farrux Soipov 1984-yil 25-sentabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va maktab xorida qoʻshiq kuylab yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga oʻqishga kirgan.

Sanʼatni tark etishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda u sanʼatni tark etgan. „Sayyod.com“ sayti muallifi uning sanʼatdan ketish sababini quyidagicha izohlagan[1][2]:

Farruxning dunyoqarashi so‘nggi yillarda ancha teranlashib, u ko‘p narsani o‘ziga ep ko‘rmaydigan bo‘la boshlagan edi. Shuning uchun ham uning bu qarori to‘g‘ri.

Javohir Zokirov esa bu haqida quyidagi fikrlarni aytgan[3]:

O‘sha paytda u ruhiy tushkunlikka tushib qolgandi. Kinoda kelajagini ko‘rolmay, hafsalasiz bo‘lib qolganini sezish qiyin emasdi. Hatto kinoga tushishni ham xohlamay qolgandi. Shunda Farruxga “Film tarixda qoladi, odamlar ko‘radi. Keyinchalik uni ko‘rib afsuslanmaslik uchun rolni maromiga yetkazib ijro etgin. Odamlar ko‘rib, mana o‘zbeklar ham shunaqa zo‘r kino olishibdi, deyishsin”, deganman.

Sanʼatni tark etganidan keyin u tadbirkorlik bilan shugʻullanishga oʻtgan[1]. U bundan keyin ancha vaqt ekranlarda koʻrinish bermagan va 2018-yilga kelib umraga kelgan vaqtida Jasur Hamroyevga intervyu bergan[4][5].

Farrux Soipov ilk rolini „Marjona“ filmida ijro etgan. Shu filmdan soʻng u alohida aktyorlik mahoratlari kurslarida oʻqigan. Keyinchalik AQShga borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farrux Soipovning birinchi taniqli filmi „Kelgindi kuyov“ boʻlgan. Bu filmda u AQShdan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan[6]. Uning ilk rejissyorligidagi film esa „Qalbim oʻgʻrisi“ boʻlib, unda oʻzi ham rol ijro etgan[7].

Farrux Soipov drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlar yaratdi. Ulardan „Qalbim oʻgʻrisi“, „Feride“, „Sugʻdiyona“, „Oshiqlar“, „Panox“, „Kelgindi kelin“, „Osiy banda, 2011“, „Nafs“, „Muhabbatnoma“ va boshqalar bor.

Bundan tashqari Farrux Soipov xonandalik borasida ham oʻzini sinab koʻrgan. Ijodida „Gʻozal bu dunyo“, „Sen kechir“, „Nafs“ kabi qoʻshiqlari mavjud[8].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Suratga tushgan filmlari[9][10]
Yil Nomi Obraz Izoh
2015 Sotqin Sarvar Bosh rol[11]
2014 Angel of Death Rossiya, AQSh va Oʻzbekiston filmi
2012 Kelgindi qaynona Behruz Bosh rol[12]
2011 Osiy Banda Farruh Epizod
Nafs Samir Rejissyor[7]
2010 Yuzma yuz Qodir Bosh rol
Muhabbatnoma Shohjahon Bosh rol
2009 Oshiqlar Jahongir Bosh rol[13]
Qalbim oʻgʻrisi Jafar Bosh rol, rejissyor
Ada emas, dada Epizod
2008 Feride Farhod Bosh rol
Boyvachcha: Amakivachchalar Farruh Epizod
2007 Panoh Sanjar Bosh rol
Sevginator Farruh Epizod
2006 Kelgindi kelin Elbek Bosh rol
Sugʻdiyona Rustam Bosh rol
2005 Kelgindi kuyov Suhrob, amerikalik talaba yigit Bosh rol
Goʻzallik Siri Shohruh Bosh rol
2004 Marjona Mashrab Bosh rol

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Qoʻshiqlari
Yil Nomi Shoir Bastakor Izoh
Ey, yurt [7]
Gʻozal bu dunyo
Sen kechir
Nafs
  1. 1,0 1,1 Daryo.uz. „Aktyor Farrux Soipov san’atni tark etdi“ (2017-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  2. Daryo.uz. „Xonanda Jahongir Otajonov YouTube’dagi “Zikr”dan boshqa barcha qo‘shiqlarini o‘chirib tashladi (video)“ (2020-yil 11-dekabr). — „Bunga qadar aktyorlar Farrux Soipov va Sherzod Bin, xonandalar Sardor Rahimxon va “Ummon” guruhi xonandasi Shohrux ham san’atni tark etganini ma’lum qilgan“. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  3. Daryo.uz. „“Sotqin”ga kastingdan o‘tmagandim, turmaga olib borishdi — Javohir Zokirov rol ishonarli chiqishi uchun haqiqiy kallakesar bilan suhbatda bo‘lgani haqida gapirdi“ (2023-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  4. Daryo.uz. „“Kelgindi kuyov” va “Kelgindi kelin” filmlari bilan tanilgan aktyor Farrux Soipov Umra safarida bo‘ldi (video)“ (2018-yil 21-aprel). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  5. Jasur Hamroyev (2018-04-21), Kinodan voz kechgan Farrux Saipov EXCLUSIVE intervyu berdi!, qaraldi: 2024-07-20
  6. „ФАРРУХ САИПОВ“. https://www.kino-teatr.ru. Qaraldi: 6-may 2024-yil.
  7. 7,0 7,1 7,2 Qamariddin Shayxov. „Фаррух Соипов: Мен кинони эмас, кино мени танлади!“. Darakchi.uz (2015-yil 6-iyun). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  8. „Фаррух Саипов“. https://www.kinopoisk.ru/. Qaraldi: 6-may 2024-yil.
  9. Kinopoisk. „Фаррух Саипов“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  10. „ФАРРУХ САИПОВ“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  11. Daryo.uz. „“Sotqin” filmi Qozog‘istondagi xalqaro kinofestivalda qatnashadi“ (2016-yil 29-sentyabr). — „Filmda yorqin rollarni Javohir Zokirov, Farrux Soipov, Matyoqub Matchonov, Ulug‘bek Qodirov, Yulduz Rajabova ijro etgan.“. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  12. Daryo.uz. „“Men boylik uchun turk yigitiga turmushga chiqmaganman” — “Opa-singillar” serialidagi Shahnoza bugungi hayoti va ijodni nega tark etgani haqida (video)“ (2023-yil 25-sentyabr). — „U “Opa-singillar” serialidan tashqari, “Super qaynona” filmida Farrux Soipov bilan partnyor sifatida suratga tushgan.“. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.
  13. Daryo.uz. „Durdona Qurbonova va Feruza Normatova, Shahzod Sultonov va Shohrux Hamdamov: Jiddiy kelishmovchilik sabab bir filmda suratga tushishni istamaydigan aktyor va aktrisalar (video)“ (2022-yil 13-avgust). — „“Ulug‘bek Qodirov va Farrux Soipov ‘Oshiqlar’ filmida birga suratga tushib, fayz olishgan.“. Qaraldi: 2024-yil 20-iyul.