Kontent qismiga oʻtish

Aktivlanish energiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aktivlanish energiyasi — molekulalarni faol holatga oʻtkazish uchun sarflanadigan energiya. Oʻlchov birligi j/mol. Molekulani aktivlash uchun unga yuqori temperatura, ultratovush, nur energiyasi yoki katalizator taʼsir ettiriladi. Har bir reaksiyaning uziga xos Aktivlanish energiyasi (Ye) mavjud. Bunday energiyaga ega boʻlgan molekulalar (atomlar, radikallar) toʻqnashgandagina reaksiya sodir boʻladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil