Kontent qismiga oʻtish

Montella, Vinchenso

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vinchenso Montella Vinchenso Montella 1974-yil 18-iyun Pomilyano d'Arko, Neapol 172 sm Yarim himoyachi

Vinchenso Montella-Italiyalik sobiq yarim himoyachi, 1974-yilda Pomilyano-d’Arko da tugʻilgan. Hozirgi kunda Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi.

Italiya terma jamoasi tarkibida 1999-yildan 2005-yilgacha 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urgan. 2000-yilgi Yevropa chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan. 2009-yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Futbolchilik karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Montella oʻz faoliyatini 1990- yilda Empoli klubi tarkibida Italiya C seriyasida boshlagan.1995-yilda Jenoaga oʻtadi va oʻzining birinchi mavsumida 21 ta gol uradi. Shundan keyin Montella A Seriya ishtirokchisi Sampdoriya tarkibida toʻp suradi. Jamoa safida u 1997 va 1998 yillarda, ketma-ket ikki yil chempionat toʻpurari boʻldi. Genuyaliklar safida umumiy 83 ta oʻyinda maydonga tushib, 54 ta gol kiritgan.

1999-yilda Sampdoriya B Seriyaga tushib ketadi va Montella Roma klubiga oʻtadi. Transfer narxi 25 million yevroni tashkil qilgan. Montella birinchi mavsumining oʻzidayoq 18 ta golga mualliflik qiladi. Rim derbisida Latsio darvozasiga 2 ta gol kiritadi. Montella Franchesko Totti va Marko Delvekkio bilan ajoyib trioni tashkil qilishadi.2000/2001 yilgi mavsumda oʻzining 13 goli bilan Romaning mamlakat chempioni boʻlishiga munosib hissa qoʻshadi.

2003/2004 yilgi mavsumda u jarohatlari sababli juda kam oʻyin amaliyotiga ega boʻladi. Biroq keyingi mavsumda u Roma safida 37 oʻyinda 21 ta gol kiritishga muvaffaq boʻladi.2005/2006 yilgi mavsumda u jarohati sababli ikkita operatsiyani boshidan oʻtkazdi. Butun mavsum davomida bor yoʻgʻi 13 ta oʻyinda maydonga tushadi.


2007-yilning 4-yanvarida Montella Londonning Fulhem klubiga ijaraga beriladi. U Angliya kubogi doirasidagi debyut oʻyinida Lester siti darvozasiga 2 ta gol kiritadi. Keyingi uchrashuvda Stok siti darvozasini ham ishgʻol qiladi. Montella Premyer liga doirasidagi ilk uchrashuvni 2007-yilning 13-yanvarida Vest hem ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan. Chempionatdagi ilk golini 20-yanvarda Tottenhem darvozasiga penaltidan kiritadi. Ketma-ket uch oʻyinda urgan toʻrt goli sababli Montella Fulhem muhlislarining yoqimtoyiga aylanadi.2007-yilning 8-mayida ijara muddati tugagan Montella Roma ga qaytadi.


Montella keyingi mavsumni ijara asosida Sampdoriyada oʻtkazadi.2008/2009 yilgi mavsumda yana Romaga qaytadi.2009-yilning 2 iyulida u futbolchilik faoliyatini yakun ladi.

Terma jamoadagi faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Montella Italiya terma jamoasidagi debyutini 1999-yilda Uelsga qarshi oʻtkazadi.2000-yilgi Yevropa chempionati va 2002-yilgi mundialda Italiya terma jamoasi dafid aharakat qilgan. Terma jamoa safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib 3 ta toʻp kiritgan.

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Montella 2010 yil

2009-yilning 2-iyulida Montella Roma bilan uch yillik shartnoma imzolaydi. Shartnoma shartlariga koʻra u dastlab Romaning 15 yoshgacha futbolchilaridan tashkil topgan Giovanissimi Nazionali jamoasini boshqaradi.


2011-yilning 21- fevralida Montella Klaudio Ranyeri oʻrniga Roma bosh murabbiyi etib tayinlanadi.23- fevral kuni murabbiylik postidagi ilk oʻyinini chempionat doirasida Bolnyaga qarshi oʻtkazadi. De Rossining goli evaziga uchrashuvda Roma gʻalaba qozongan. Klub amerikalik tadbirkorlar qoʻliga oʻtgach Montella jamoani tark etadi.

2011-yilning iyunida Kataniya jamoasi bosh murabbiyi boʻladi. Shartnoma ikki yilga moʻljallangan edi. Biroq 2012-yilda jamoani tark etadi.

2012-yil 11-iyunida Montella Fiorentina bosh murabbiyi etib tayinlanadi. U jamoani 13- oʻrindan 4-oʻringa olib chiqadi va mavsum yakunida Yevropa ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi. Yevropa ligasida Fiorentina yarim finalgfa qadar yetib boradi.2015-yilda Montella klub rahbarlari bilan munosabatlari yomonlashib, jamoani tark etadi.

2015-yilda Montella oʻzining qadrdon jamoasi Sampdoriyaga bosh murabbiy boʻladi. Bir yildan soʻng u jamoani tark etadi.

2016-yili Montella Milan bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Rossonerilar buning uchun Sampdoriyaga 1,1 million tovon puli toʻlaydi. Oʻzining ilk mavsumida u Milan bilan Italiya superkubogini qoʻlga kiritadi. A Seriyada 6-oʻrinni egallagan jamoa Yevrop Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.2017-yilning 27-noyabrida muvaffaqiyatsiz natijalardan soʻng jamoani tark etadi.

2017-yilning 28-dekabrida Montella Ispaniyaning Sevilya jamoasi murabbiylik postiga keladi. Shartnoma 2019-yil oxirigacha moʻljallangandi. Uning qoʻl ostida jamoa 28 oʻyinda maydonga tushib 11 gʻalaba,7 durrang va 10 magʻlubiyat qayd etadi.

2019-yilning 10-aprelida Montella yana Fiorentinaga qaytadi. Biroq 21-dekabrda Romaga qarshi 1-4 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng jamoani tark etadi.