Kontent qismiga oʻtish

Olena Kostevich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Olena Kostevich

Kostevich 2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 14-aprel 1985-yil (1985-04-14) (39 yosh)
Xabarovsk, USSR, SSSR[1]
Faoliyat yillari 2000-
Boʻyi 1.62 m[1]
Vazni 53 kg[1]
Sport
Qaysi sport Toʻpponchadan oʻq otish
Pozitsiyasi Igor Cheredinov[1]
Klubi Dinamo[1]

Olena Dmitriyevna Kostevich (ukraincha: Олена Дмитрівна Костевич; 1985-yil 14-aprelda tugʻilgan) — ukrainalik sportchi. Toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha Ukraina sharafini himoya qiladi. 10 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 2004-yilgi olimpiya chempioni, 10 metrlik (2002-yil) va 25 metrlik (2018 yil) masofalar pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempioni. Koʻp karra Yevropa chempioni va sovrindori. Universiada chempioni.

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kostevich Xabarovsk (Sovet Ittifoqi, Rossiya SFSR) shahrida tugʻilgan. Ona shahri boʻlgan Chernigovga koʻchib oʻtgan. Chernigov davlat texnologiya universitetida tahsil olgan[2].

Kostevich Ukraina sharafini himoya qiladi. 17 yoshida (2002-yil) pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha jahon chempionligini qoʻlga kiritgan. 2003-yilda jaahon kubogi finalida gʻalaba qozongan. 2004 yilda Afinada boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2008-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida 25 metrlik masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 26-oʻrinni va 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha 31-oʻrinni egallagan. Uning Ukrainadagi rekordi (394 ochko) jahon rekordidan bir ochkoga koʻproq.

2012-yilda Londonda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiya oʻyinlarida Kostevich 10 metrga pnevmatik toʻpponcha va 25 metrga sport toʻpponchasidan oʻq otish musobaqalarida bronza medallarini qoʻlga kiritgan[3][4]. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan yozgi olimpiada oʻyinlarida sovrindorlar qatoriga kira olmagan.

2020-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlarida (Tokio, 2021-yil 25-iyul) 10 metrga pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish musobaqasida 4-oʻrinni egallagan; 2021-yil 27-iyul kuni Olena Kostevich va Oleg Omelchuk oʻn metrli masofada pnevmatik toʻpponchadan oʻq otish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritgan.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „2012 Olympics Official Profile“. London2012.com. 2012-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Олена Костевич здобула "золото" для України на Євро зі стрільби на 10 м“ (uk). Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
  3. „Костевич приносить Україні першу медаль“. Champion.com.ua. 2012-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  4. „Shooting: South Korea's Kim Jangmi wins women's 25m pistol“. BBC.co.uk. 2012-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 31-iyul.