Kontent qismiga oʻtish

tokcha

Vikilug‘atdan olingan

Oʻzbekcha (uz)

[tahrirlash]

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

[tahrirlash]

tok-cha

Aytilishi

[tahrirlash]

Etimologiyasi

[tahrirlash]

a. + f. / 4_aJ"LL

Maʼnoviy xususiyatlari

[tahrirlash]

Maʼnosi

[tahrirlash]

1 Mahal-liy uylarda idish-tovoq va b. anjomlar qoʻyish uchun devorda kvadrat yoki boshqa shaklda ishlangan maxsus joy. ◆ Elmurod koʻr-pachaga oʻtirdi. Soʻngra yon-beriga kuz yugur-tirdi. Kichkina tokchalarga rang-barang chinni va sopol kosalar terilgan edi. P. Tursun, „Oʻqituvchi“ . ◆ Tokchalarga miskoʻza, samovar, kum-gʻon, jom, chinni piyolalar tartib bilan terib koʻyilibdi. K. Yashin, „Hamza“ . ◆ Tokchalari ganchdan ajoyib gullar bilan ishlangan katta uyda bir talay odam oʻtirgan edi. Oybek, „Navoiy“ .

2 Umuman, vazifasi, shakli yoki boshqa biror jihati bilan tokchaga oʻxshash narsa, joy. Tokilar ostidagi doʻkonlarning tok-chalariga uyilgan harir mollar.. shoyi, atlas .. va boshqa rango-rang bazzozlik mollari bu yerga kelganlarning koʻzini uynatadi. Mirmuhsin, Meʼmor. ◆ Shkaf tokchalariga terib Koʻyilgan turli ichimliklar yakkol koʻrinib turibdi. S. Azimov, „O, Laylo“ . ◆ Abduvali aka.. deraza tokchasiga omonatgina oʻtirdi. S. Zunnunova, „Yangi direktor“ . Ular [kiyiklar] ◆ besh-olti gaz pastda — tokchada, ikki tomon esa tik devor. Sh. Xolmirzayev, „Bodom qishda gulladi“ .

Kir tokcha Odatda, taxmonlar orasi, eshik yoki deraza yoniga ishlangan, boshqa tokchalarga nisbatan kichik, yuqoriga tomon uzun boʻlgan tokcha (turli mayda-chuyda nar-salar qoʻyiladi). ◆ Ikki taxmon oʻrtasidagi kir tokcha tepasida choy kutisining zar kogʻozlaridan kirkib yopishtirsh 1gan Madina-ning tasviri. S. Ahmad, Saylanma.

Sinonimlari

[tahrirlash]

Antonimlari

[tahrirlash]

ТОКЧА. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

[tahrirlash]

tokcha
1 ниша, заменяющая полки в домах местного типа;
2 полка; ◆ 

  • tokchama-tokcha azamatxoʻja загадка «богатырь», бегающий по полкам (мышь).