Kontent qismiga oʻtish

Ananiash Zayonchkovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ananiash Zayonchkovskiy (Ananiash Zajaczkowski; 1903-yil 12-noyabr, Vilnyus – 1970-yil 6-aprel, Rim) – polyak sharqshunosi. Polsha Fanlar Akademiyasi akademigi (1952). Krakov unining sharq tillari fakultetida oʻqigan (1925—1929). Varshava universiteti professor (1935). Polsha FA Sharqshunoslik instituti direktori (1953—1968). Turkiy xalqlarning tili, tarixi, madaniyatiga oid koʻpgina asarlar muallifi. Mamluklar davlati, Xazar xoqonligi, Oltin Oʻrdaning etnik tarkibiga bagʻishlangan tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega. U turkiy xalqlarning tarqalish yoʻllarini, usmonli turklar adabiy yodgorliklari va paleografiyasini oʻrgangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil